Search

#MUNOSABAT   Ijtimoiy tarmoqlarda joylangan Samarqanddagi 12 qavatli binoning pastki qavatidan oshxona sifatida foydalanilayotgani to'g'risidagi videolavha yuzasidan

Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi boshqarmasi joyida oʻrganish ishlarini olib bordi. 

O‘rganishlar davomida chindan ham binoning 1-qavatida noqonuniy ravishda qahvaxona faoliyat yuritayotganligi aniqlandi.

Ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘layotgan bu bino bo‘yicha 2022-yilning 6-iyul kuni fuqarolik ishlari boʼyicha Toyloq tumanlararo sudi tomonidan F.Halilovga Samarqand tumani “Joʼyisoy” MFY hududidagi oʼziga tegishli boʼlgan oʼzboshimchalik bilan noqonuniy ravishda qurilgan 12 qavatli bino-inshoot (mehmonxona)ni oʼz hisobidan buzishi toʻgʻrisida hal qiluv qarori mavjud.

Bugungi kunda mazkur sud qarorining ijrosi MIBning Samarqand tumani boʻlimi ish yurituvida.

Shuningdek, Samarqand tuman Qurilish boʼlimi tomonidan 2023-yilning 15-may kuni 414-sonli xat bilan MIB Samarqand tuman boʼlimiga sud qarorining ijrosini taʼminlash boʼyicha xat yo'llangan.