Search

#MUNOSABAT 

“AGROMIR BUILDINGS” MCHJ 2019-yil 30-martda Samarqand viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan roʻyxatdan oʻtgan. Samarqand shahar Qurilish bosh boshqarmasi Arxitektura va shaharsozlik kengashining 2019-yil 14-fevraldagi 302-sonli xulosasi bilan “Univer Pro Stile” MCHJ tomonidan loyiha smeta hujjatlari ishlab chiqilgan. “SHAHARSOZLIK HUJJATLARI EKSPERTIZASI” Davlat unitar korxonasi Samarqand viloyati filialidan 2019-yil 28-martda 459-2019 sonli ishchi loyiha boʻyicha yigʻma ekspert xulosasi olingan. 
2019-yilda Samarqand shahar Qorasuv massivida 16 qavatli turar joy binolarining qurilish montaj ishlari boshlangan. 
Inspeksiya tomonidan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq qurilish-montaj ishlarining sifati va toʻliqligiga rioya etilishi ustidan nazorat funksiyalarini olib borish davrida qurilish obyektida (23.04.2019-yil 4/21, 21.11.2019-yil 4-79, 20.12.2019-yil 4/88, 21.01.2020-yil 4/97, 07.12.2020 4/93-sonli) yozma koʻrsatmalar berilgan.  
2022-yil 13-iyun kuni ham koʻp qavatli uy-joyning ochiq ayvonnini toʻsib turuvchi metal toʻsiqlar tekshirilganda, ishchi loyiha qirqimida 150 mm koʻrsatilgan boʻlib,  joyida oʻlchanganda 165-170 mm chiqqan hamda ostki qismi betondan yoki kafel yuzasidan ekanligi koʻrsatilmagan. 
 Loyiha tashkiloti “Univer Pro Stile” MCHJ va pudratchi tashkilot  “AGROMIR BUILDINGS” MCHJning  qurilish ishlariga mas'ul mansabdor shaxslariga amaldagi qonunchilikda belgilangan choralar koʻrilishini bildiramiz.