Search

Muhtaram va aziz yurtdoshlar! 

Xalqimizga xos mehr-muruvvat, bagʼrikenglik va saxovat ifodasi boʼlib kelgan Qurbon hayiti barchamizga muborak boʼlsin!
 Ushbu muborak ayyomda davlatimiz rahnamoligida yurtimiz ravnaqi, diyorimizning osoyishtaligi, xalq farovonligi yoʼlida olib borilayotgan barcha xayrli ishlarda Yaratganning oʼzi madadkor boʼlishini soʼrab qolamiz. Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan siz azizlarni viloyat Qurilish Bosh boshqarmasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!
Qurbon hayitining fayzu barakoti qalblarimizni va xonadonlarimizni munavvar aylasin!
Qurbon hayitingiz muborak boʼlsin, aziz yurtdoshlar!